French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nufuzli musobaqa oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi
18:56 / 2025-05-28

Joriy yilning 28-31 may kunlari Nukus shahrida belbog‘li kurash bo‘yicha o‘g‘il bolalar hamda qizlar o‘rtasida jahon va Osiyo chempionati bahslari bo‘lib o‘tadi.

Nufuzli musobaqa oldidan ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda xalqaro belbog‘li kurash federatsiyasi Prezidenti Xabir Habibullin, Osiyo belbog‘li kurash konfederatsiyasi prezidenti Mo‘min Murotov, O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov, yoshlar milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Turg‘unpo‘latov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sport vaziri Yerkinboy Qutiboyevlar musobaqaga tayyorgarlik ishlari, o‘tkazilish tartibi hamda ishtirokchilar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berishdi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida belbog‘li kurash bo‘yicha jahon va Osiyo chempionati O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Osiyo belbog‘li kurash konfederatsiyasi, O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi hamda qator vazirlik va tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilmoqda. 

[gallery-23631]

Nukus shahridagi 1- sonli sport maktabida ilk bor o‘tkaziladigan ushbu jahon va Osiyo chempionatida Hindiston, Rossiya, Turkiya, Gruziya, Indoniziya, Armaniston, Vengriya, Shvetsariya, Yaponiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston kabi 25 ga yaqin davlatning nomdor polvonlari ishtirok etishi kutilmoqda. 

Belbog‘li kurash bo‘yicha 29 mayda o‘tkaziladigan jahon chempionatida o‘g‘il bolalar erkin yo‘nalishda -45, -50, -55, -60, -65, -71, -77, -85, -95 hamda +95 kg. vazn toifalarida kuch sinashishsa, qizlar -44, -48, -52, -57, -63, -70, +70 kg. vaznlarda bellashishadi. 

Shuningdek, reglamentga muvofiq, 30 may kuni belbog‘li kurash bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkaziladi. Mazkur chempionatda o‘g‘il bolalar -45, -50, -55, -60, -65, -71, -77, -85, -95, +95 kg. vazn toifalarida kurash tushsa, qizlar -44, -48, -52, -57, -63, -70, +70 kg. vazn toifalarida o‘zaro bellashishadi. 

Tadbir yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA