Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nufuzli anjuman parlamentlararo aloqalar mustahkamlanishiga xizmat qiladi
20:18 / 2025-04-03

Joriy yilning 5-9 aprel kunlari Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Mazkur tadbir mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim tarixiy voqeadir.

Bunday tadbir Markaziy Osiyo mintaqasida ilk marotaba bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu tadbirni O‘zbekiston zaminida o‘tkazish haqidagi qaror yurtimizning xalqaro maydondagi obro‘si ortib borayotganidan va keng e’tirof etilayotganligidan dalolatdir. Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasi xalqaro parlament hamkorligini rivojlantirish, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, qonunchilik sohasidagi tajriba almashish uchun muhim platforma hisoblanadi. 

Unda muhokama etiladigan masalalar zamonaviy jahon taraqqiyoti va xavfsizligini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Jahon hamjamiyati oldida turgan murakkab muammolar – xalqaro xavfsizlik, inson huquqlarini himoya qilish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash, barqaror rivojlanish va parlamentlar o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini hal qilishda parlamentlararo muloqotning o‘rni katta. 

Xususan, Assambleyaning kun tartibida xavfsizlik, inson huquqlari, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va parlamentlarning bu jarayonlardagi o‘rni kabi masalalar muhokama qilinadi. Bugungi global murakkablik va xalqaro munosabatlardagi tahdidlar fonida parlamentlararo hamkorlikni kuchaytirish har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston ushbu jarayonda faol ishtirok etib, mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, qonunchilik asoslarini takomillashtirishga qaratilgan tashabbuslar bilan chiqmoqda. 

Shuningdek, O‘zbekistonning tinchlik va barqarorlikka qaratilgan tashabbuslari ham muhokama etilishi kutilmoqda. 150-Assambleya qarorlari jahon mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga, parlamentlararo aloqalarni kengaytirishga va umumiy barqarorlik yo‘lidagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga xizmat qiladi. 

Muxtasar qilib aytganda, muhokama etiladigan masalalar umumiy taraqqiyot va xavfsizlik uchun katta ahamiyatga ega. Bu jarayonda parlamentlarning faol ishtiroki mustahkam qonunchilik asoslarini yaratish, global va mintaqaviy muammolarga yechim topish, davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonch va hamkorlikni kuchaytirishga ko‘maklashadi. O‘zbekiston Assambleya doirasida ilgari suriladigan tashabbuslari bilan xalqaro hamjamiyatning barqaror rivojlanish va xavfsizlikka qaratilgan sa’y-harakatlariga munosib hissa qo‘shishga intiladi. 

Guljan Xalmuratova, 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O’zLiDeP fraksiyasi a’zosi.

O‘zA