French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Noyob qushlarni noqonuniy saqlagan shaxsga 620 mln so‘mdan ortiq jarima qo‘llanadi
14:36 / 2025-09-25

Bugungi kunda tabiat va hayvonot dunyosi boyliklarini asrab-avaylash nafaqat davlat tashkilotlari, balki jamiyatning har bir a’zosi zimmasidagi muqaddas vazifadir. Ayniqsa, noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan turlarni muhofaza qilish — kelajak avlod uchun ulkan ma’naviy va ma’rifiy meros hisoblanadi. Shu boisdan, qonunchilikda bunday holatlarga nisbatan qat’iy choralar belgilangan.

Qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida yaqinda Toshkent viloyatining Chinoz tumanida o‘tkazilgan tezkor reyd tadbiri o‘tkazilgan. Reyd davomida fuqaro T.A. tomonidan noqonuniy ravishda yovvoyi qushlar saqlanayotgani aniqlangan.  Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan qimmatbaho turlardan biri — bir dona “Sapsan” va bir dona “Jig‘oltoy” lochini panjarali qafasda tutqunlikda saqlanayotgani ma’lum bo‘lgan.

Tezkor harakatlar natijasida qushlar huquqbuzardan olib qo‘yilib, vaqtincha saqlash uchun Toshkent hayvonot bog‘iga topshirilgan. Qonun buzilishi sababli hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar miqdori 620 million 884 ming so‘m etib hisoblangan. Ushbu holat “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida” hamda “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunlar buzilishi sifatida baholanmoqda.

Hozirda barcha hujjatlar qonuniy tartibda rasmiylashtirilib, holatga huquqiy baho berish va tegishli chora ko‘rish uchun Bosh prokuraturaga yuborilgan.

Tabiat ne’matlari, ayniqsa noyob hayvonot turlari — ulkan milliy boylikdir. Ularni muhofaza qilish, kelajakka sog‘lom ekotizimni yetkazish har birimiz uchun burchdir. Ekologik nazorat organlari tomonidan bunday huquqbuzarliklarga qarshi tizimli kurash olib borilayotgani — yurtimizda qonun ustuvorligi va tabiatga mas’uliyatli munosabatning yorqin ifodasidir. 

M.Eshmirzayeva, O‘zA