Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Noyob gullar parvarishlayotgan oila (+video)
20:06 / 2026-02-02

Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi “Chek Nasriddin” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Yursunali Ahmedov oilasi gulchilik sohasida o‘zining ibratli tajribasi bilan tanilgan. Oila a’zolari Niderlandiya, Xitoy va Tailanddan olib kelingan ko‘p yillik, noyob gullarni mahalliy iqlim sharoitiga moslashtirib parvarishlamoqda.

Ayni paytda xonadon gulzorida Niderlandiya lolalari, “Aglanema” guli, Xitoy bambuki hamda Tailanddan keltirilgan bezakli va xushbo‘y 20 turdan ortiq gullar yetishtirilmoqda. Mavsum avj olgan paytlarda esa gul turlari soni 150 tadan oshadi.

— Gulchilik sabr va mehr talab qiladigan soha, - deydi oila bekasi Umida Ahmedova. — Har bir ko‘chatga alohida e’tibor qaratamiz.

[gallery-27439]

Bugun gulchilik oila uchun daromad manbaiga aylangan. Noyob gullar bir donasi o‘rtacha 500 ming so‘mdan 1,5 million so‘mgacha baholanib, buyurtmalar doimiy qabul qilinmoqda. Bu ishda oila boshlig‘i va farzandlari ham faol ishtirok etmoqda.

Yaqin istiqbolda oila tomorqasida gidroponika usulida zamonaviy issiqxona barpo etish rejalashtirilgan.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/OVxRK4zf72A" title="Noyob gullar parvarishlayotgan oila" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muqimjon QODIROV (surat va video), O‘zA