Noyob baliqlarni ovlaganlar qoʻlga tushdi
Ona tabiatni uning hayvonot va nabotot dunyosini asrash barchamizning burchimiz.
Ona tabiatni uning hayvonot va nabotot dunyosini asrash barchamizning burchimiz. Yaxshiyamki bu borada mustahkam qonunlarimiz bor. Yoʻqsa, xudbin kimsalar allaqachon noyob hayvonot va oʻsimlik dunyosiga qiron keltirib yuborgan boʻlardi.
Joriy yilning 1-aprel kuni Qashqadaryo viloyatining Muborak tumani Qorabogʻ qishlogʻida yashovchi N.B, O.B va U.N lar baliq ushlash va noyob hayvonlarni tutishning belgilangan tartibini buzishgani haqida Muborak tumani IIBga xabar kelib tushgan.
Maʼlum boʻlishicha, ular oʻzlari bilan olib borgan toʻrlardan ov quroli sifatida foydalanib, 2020-yil 31-mart kuni soat 06:00 lar chamasida Muborak tumani Yangiqoraqum qishlogʻi hududidan oqib oʻtuvchi zovur (kollektor)da Oʻzbekiston Respublikasining “Qizilkitobi”ga kiritilgan 23 dona 35 million 903 ming soʻmlik “Turkiston moʻylovdori” va 23 dona 7 million 225 ming 200 soʻmlik “Samarqand xramulya” zotli noyob baliqlarni ovlashgan va hayvonot dunyosiga zarar yetkazishgan. Yetkazilgan zarar esa 43 million 128 ming 200 soʻmga baholangan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tergov boʻlimi tomonidan N.U. va boshqalarga nisbatan Oʻz.RJKning 202-m 3-q “j” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.