Novosibirskdagi mehnat migrantlari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Mamlakatimizning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi hamda Tashqi mehnat migratsiya agentligining Novosibirsk shahridagi vakolatxonasi mas’ul xodimlari hududdagi o‘zbekistonlik mehnat migrantlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Xususan, Novosibirsk shaharidagi qurilish ob’ektlarida ishlayotgan fuqarolar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ularning muammolari, taklif va tavsiyalari eshtilib, joyida hal etildi.
Uchrashuvda pasportini ma’lum bir sabablarga ko‘ra yo‘qotib qo‘ygan vatandoshlarimizga yangi pasport rasmiylashtirish bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi. Bundan tashqari, qurilish sohasida ishlayotgan mehnat migrantlari Novosibirsk shahrida tashkil etilgan rus tili o‘quv kurslarida o‘qish uchun ro‘yxatga olindi. Ularga Bosh konsulxona hamda Agentlik vakolatxonasi joylashgan manzillari, ishonch telefonlari taqdim etildi.