Novosibirskda O‘zbekistonning birinchi turizm brendi elchisi tayinlandi
Novosibirsk shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulxonasida Rossiya fanlar akademiyasi Sibir bo‘limi Davlat ommaviy ilmiy-texnika kutubxonasi direktori Irina Lizunovaga “O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi turizm brendi elchisi”sertifikatini tantanali ravishda topshirildi.
Marosimda Bosh konsulimiz Aslam Akbarov mazkur nufuzli rutba ushbu mintaqa fuqarosiga ilk bor berilayotganini ta’kidlarkan, nomzodning o‘zaro madaniy va gumanitar aloqalarni mustahkamlash, shuningdek mamlakatimizning boy tarixi, sayyohlik madaniyatini targ‘ib etishdagi muhim hissasini qayd etdi. Lizunovaning so‘zlariga ko‘ra, bu tayinlov o‘zi uchun nafaqat yuksak sharaf, balki ulkan mas’uliyat ham. U O‘zbekistonning yutuqlari, madaniyati va turizm salohiyatini Rossiya, xususan mahalliy aholi orasida ommalashtirish bo‘yicha faol ish olib borishga tayyorligini bildirdi.
A.Alimova, O‘zA