Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Novosibirsk shahrida bir guruh yurtdoshimiz rus tiliga o‘qitilmoqda
18:39 / 2021-07-01

Novosibirsk shahrida Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti tomonidan tashkillashtirilgan kurslarda bir guruh yurtdoshimiz rus tiliga o‘qitilmoqda.

Rossiya Federatsiyasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini bepul rus tili va kasbga o‘qitish loyihasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, "World skills Uzbekistan" assotsiatsiyasi, "World skills Russia" ittifoqi va Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

O‘quv kursi yakunida tinglovchilarga maxsus sertifikatlar topshiriladi.

Ma’lumot uchun, mazkur o‘quv kurslari Rossiya Federatsiyasining Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Samara, Ufa shaharlarida tashkil etilgan bo‘lib, barcha xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan to‘lab beriladi.

Murojaat uchun: Tel.: +7 (953) 862-00-07