Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Noto‘g‘ri hisoblangan soliq bekor qilindi
16:58 / 2022-09-28

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik – jamiyatimizning buguni va kelajak taraqqiyotimiz, farovon hayotimizning mustahkam tayanchiga aylandi. Bunda, albatta, tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning ahamiyati beqiyos.

Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni tomonidan tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish yo‘lida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Vakil devoniga “Mustaqillik me’mori” MCHJ (nomi o‘zgartirilgan) murojaat qilib, soliq organi tomonidan asossiz ravishda 117 737 489 so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblanganligini bayon qilib, uni bekor qilishda amaliy yordam so‘ragan.

Vakil tomonidan mazkur jamiyat manfaatida sudga ariza bilan murojaat qilinib, unda bitim qalbakiligini aniqlash soliq organining da’vosi bo‘yicha sud tomonidan amalga oshirilmasdan, Qashqadaryo viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining qarori bilan noto‘g‘ri qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblanganligi va boshqa asoslar sababli javobgar Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasining 17.05.2022 yildagi qarorini haqiqiy emas, deb topish so‘ralgan.

– Mazkur ariza Qarshi tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi A.Muhiddinov tomonidan ko‘rib chiqilib, hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi va tadbirkorlik sub’ektining huquqlari tiklandi, – deydi vakil devonining Qashqadaryo viloyatidagi sho‘’basi yetakchi inspektori I.Sayitov.

O‘lmas Barotov, O‘zA