Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Noto‘g‘ri buyurilgan dori-darmon va o‘rinsiz tashxis oqibati...
13:02 / 2022-02-25

Ota-onalar xasta farzandini tuzalishi uchun har nedan najot izlaydi. Ammo, afsuski, shunday paytda noto‘g‘ri tashxis yoki bemor salomatligiga xavf soladigan noto‘g‘ri buyurilgan dori-darmon go‘dak umriga zomin bo‘lishi mumkin.

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani  yashovchi fuqaro Yu.M.  mana shunday ayanchli muammoga duch kelib, Uchqo‘rg‘on tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Fuqaroning aytishicha, u nabirasining qorin bo‘shlig‘idagi bezovtaligi sabab, Qo‘g‘ay Tibbiyot birlashmasiga olib kelgan va shifokor tomonidan buyurilgan dori(kukun) vositasini dorixona sotuvchisi boshqa dori (sirop) ga adashtirib bergan. U bemorga ichirilgach, oqibatda, bolakayning salomatligi yomonlashgan.  
Murojaat mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqilib, haqiqatdan, dorixona sotuvchisi tomonidan noto‘g‘ri dori vositalari berilganligi aniqlandi. Shundan so‘ng, dorixona rahbari G.M. tomonidan iste’molchiga yetkazilgan zarar to‘liq qoplangan. Biroq, birgina xato tufayli  inson sog‘lig‘iga yetgan zarar badalini shunchaki, moddiyat bilan o‘lchab bo‘lmaydi, albatta.

Hozirda fuqarolarning turli iste’molchilik huquqlarining buzilishi odat tusiga aylanib ulgurdi. Masalan, namanganlik fuqaro M.Sh ham Chust tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga muammo bilan murojaat qilgan.
Fuqaroning aytishicha, uning yashash xonadonida elektr simidan kuchlanish yuzaga kelgach, xonadonidagi maishiy texnika vositalari kuyib, yaroqsiz holatga  kelib qolgan.
Murojaat Chust tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari hamda  Uzenergoinspeksiya  Namangan hududiy birlashma mutaxassislari hamkorligida qonun doirasida o‘rganilgan va uning murojaati ijobiy hal etib berilgan.

 O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish 

jamiyatlari federatsiyasi  

matbuot xizmati