French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Notariat sohasida O‘zbekiston - Germaniya hamkorligi o‘rnatildi
11:37 / 2022-03-03

Notarial harakatlar bilan bog‘liq huquqiy jarayonlar bugungi kunda masofa tanlamaydi. Chunki migratsiyaning faollashgani tufayli fuqarolar dunyoning turli mamlakatlarida faoliyat olib bormoqda.

Shu bois notariat sohasi vakillari ham o‘zaro xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda. O‘zbekiston Respublikasi notarial palatasi Xalqaro notariuslar ittifoqiga a’zo bo‘ldi. Boshqa davlatlar notarial palatalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha faol ish olib borilmoqda.

Hozirgacha Litva, Ukraina, Belarus, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Tojikiston kabi davlatlar notarial tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.

Notarial palataning hamkorlari safi kun sayin kengayib bormoqda. Mart oyining ilk kunlarida Germaniya federal notariuslar palatasi delegatsiyasi mamlakatimizda mehmon bo‘lib turibdi.

O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi hamda Germaniya federal notariuslar palatasi tomonidan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandumni imzolashdan asosiy maqsad - O‘zbekiston va Germaniya Federativ Respublikasi o‘rtasida notariat sohasida huquqiy hamkorlikni mustahkamlash, lotin notariati tizimining rivojlantirish hamda notariuslar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirishdir.

O‘zbekiston va Germaniya notarial palatalari kelgusida notariat sohasiga axborot texnologiyalarini keng joriy etish va notariuslarning axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi ko‘nikmalarini takomillashtirish, shuningdek, sohaga oid qonun hujjatlari bilan o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yishga kelib olindi.

Memorandum doirasida o‘zaro tajriba almashish, turli mavzularda seminar va konferensiyalar o‘tkazish ham rejalashtirildi.

Germaniya federal notariuslar palatasi Xalqaro ishlar bo‘yicha bosh vakili, sud maslahatchisi Richard Bok o‘z so‘zida qisqa vaqt ichida O‘zbekiston Notarial palatasi Xalqaro notariuslar ittifoqiga a’zo bo‘lganidan e’tirof etdi. Palata xalqaro notariat sohasining taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shishiga ishonch bildirdi.

Memorandumni imzolash tadbirida Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi o‘rinbosari Alis Volken xonim ishtirok etdi.

N.Abduraimova, O‘zA