Notanish ayol Chirchiq shahridagi 9-sonli maktabdan bola oʻgʻirlamoqchimidi? RASMIY MUNOSABAT
Toshkent viloyati IIBB ijtimoiy tarmoqlarda “Chirchiq shahrida joylashgan 9-sonli maktabdan notanish ayol bola oʻgʻirlamoqchi boʻldi" nomi bilan tarqatilgan xabar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Toshkent viloyati IIBB ijtimoiy tarmoqlarda “Chirchiq shahrida joylashgan 9-sonli maktabdan notanish ayol bola oʻgʻirlamoqchi boʻldi" nomi bilan tarqatilgan xabar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan joriy yilning 27-sentyabrʼ kuni yuqoridagi xabar hamda ayolning kishining foto suratlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganligi holati oʻrganib chiqildi.
Oʻrganish davomida, ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan ushbu suratdagi ayol Buxoro viloyatida tugʻilgan G.S. ekanligi aniqlandi. U dugonasining iltimosiga koʻra, uning qizini oʻz farzandi 2012-yilda tugʻilgan O.O. bilan birga, Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan 187-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabidan olib kelish maqsadida mazkur maktabga borganligi, maktabda dugonasining qizi uni tanimaganligi hamda u bilan ketishni xohlamaganligi sababli, maktab xodimlarni eʼtiboriga tushgan.
Natijada sodir boʻlgan anglashilmovchilik holati tufayli, voqea befarq boʻlmagan fuqarolar tomonidan G.S. suratga olinib, “bola oʻgʻrisi” yoʻsinidagi tasdiqlanmagan notoʻgʻri xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan.