Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
N.Otabekov: Buster doza susayib borayotgan immun tizimini barqarorlashtiradi
21:19 / 2022-01-18

Mutaxassislar COVID-19ga qarshi hozircha bir marotaba buster doza vaksina olishni taklif qilmoqda. Mabodo pandemiya uzoq vaqt davom etgudek bo‘lsa, buster dozaga bir necha marotaba murojaat qilinishi ham mumkin.

Shuni takidlash kerakki, buster doza vaksinadan foydalanish amaliyoti tibbiyotda anchadan beri mavjud bo‘lib, respublikamizda shol, qizamiq, qizilcha, bo‘g‘ma kabi qator yuqumli kasalliklar vaksinoprofilaktikasi jarayonida qo‘llanilgan.

Mutaxassislarning fikricha, buster doza vaksina bilan emlanish koronavirusning “alfa”, “delta” shtammlaridan tashqari “omikron”dan ham himoya qila oladi. Mabodo kasallik yuqsa ham, u jiddiy asoratlarsiz, yengil o‘tib ketadi.

– Ushbu sohadagi xalqaro ekspertlarning fikricha, vaqt o‘tishi bilan emlangandan keyin hosil bo‘lgan antitanachalar kamaya boshlaydi. Har qanday shaxs vaksinaning 2 yoki 3 dozasini olganidan so‘ng uning organizmida COVID-19ga qarshi antitanachalar paydo bo‘ladi va ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng ularning miqdori kamayib boradi. Buster doza bilan qo‘shimcha (qayta) emlanish esa birlamchi emlanishdan keyin hosil bo‘lgan immunitet darajasini qisqa muddatda ko‘tarib beradi, – deydi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati direktori o‘rinbosari Nurmat Otabekov. – Demak, buster doza orqali susayib borayotgan immun tizimini qaytadan barqaror holatga keltirish mumkin.

O‘zA