Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nosoz mototsikl uchun toʻlangan 21 million soʻm xaridorga qaytarildi
16:57 / 2020-02-16

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida yashovchi fuqaro M. Abdullayevdan murojaat kelib tushdi.


Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida yashovchi fuqaro M. Abdullayevdan murojaat kelib tushdi. Unga koʻra u 21 million soʻmga mototsikl xarid qilgani ammo nuqsonli chiqqani bois qaytarib olib borib bersa, sotuvchi olmaganidan shikoyat qilgan.

Fuqaro murojaati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida” gi Qonuni hamda Federatsiyaning Nizomiga muvofiq tegishli tartibda oʻrganish oʻtkazilib, fuqaro murojaati toʻliq qanoatlantirildi.

Aniqroq aytganda mototsikl uchun toʻlagan 21 million soʻm puli fuqaroga qayta hisob-kitob qilinib, Federatsiya aralashuvi bilan olib berildi.