Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nosoz elektroskuter yaroqlisiga almashtirib berildi
11:26 / 2025-11-12

Iste’molchi sifatida ijtimoiy ehtiyojlaringiz uchun nimaiki xarid qilmang, birinchi navbatda uning sozligiga, savdo do‘koni beradigan kafolatga e’tibor qilgan ma’qul. Bu esa ertaga mahsulotingiz nosoz chiqsa, o‘z huquqlaringizni talab qilishingizda qo‘l keladi.

Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida yashovchi fuqaro Bahrom Eshmurodov (ism o‘zgartirilgan) bilan shunday holat yuz berdi. 

U tuman markazida joylashgan savdo majmualaridan biridan 13 million 400 ming so‘m naqd pul evaziga elektroskuter sotib oladi. Oradan bir necha kun o‘tib, elektroskuter nosoz holda ekanligi oydinlashadi. Bundan norozi bo‘lgan B.Eshmurodov savdo majmua rahbariga murojaat qilganida esa sotuvchi uni eshitishni ham istamaydi. 

Chorasiz qolgan fuqaro Kasbi tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qiladi. Jamiyat a’zolari aralashgach esa vaziyat fuqaroning foydasiga hal bo‘ldi. Savdo majmuasi rahbariyatiga “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun talablari tushuntirildi va qiymati 13 million 400 ming so‘m bo‘lgan nosoz elektroskuter yaroqlisiga almashtirib berildi.

O‘lmas Barotov, O‘zA