Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Norwich” instituti direktori o‘zbekistonlik o‘qituvchilar mehnatini e’tirof etdi
14:28 / 2023-12-14

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan maktablarning rahbar kadrlari hamda o‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, joriy yilda “Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi” doirasida saralab olingan bir guruh maktab direktorlari Buyuk Britaniyaning Portsmut universitetida malaka oshirib qaytdi.

Shuningdek, shu yilning noyabr oyida 70 nafar maktab o‘quvchisi va ularning 14 nafar ustozi ham Angliya davlatiga ta’lim sayohatini amalga oshirishdi. Mazkur ta’lim sayohati davomida ishtirokchilar til ko‘nikmalarini yanada yaxshilash hamda mualliflik g‘oyalarini ishlab chiqish ustida ishlashdi.  

Ushbu sa’y-harakatlarning mantiqiy davomi sifatida 2023 yil 13-14 dekabr kunlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Britaniya Kengashi va  Norwich  instituti bilan hamkorlikda “Maktab chempionlari” loyihasi doirasida seminar-trening tashkil etildi.

O‘qituvchilarning maktab rahbarlari bilan birgalikda uzluksiz kasbiy rivojlanishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan seminarda  60 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi. Mazkur trening jarayonlari mahalliy mutaxassislar bilan bir qatorda “Norwich” instituti direktori Tom Kiddl tomonidan olib borildi.  

Seminar davomida maktabni ustozlar hamda direktorlar o‘z ustida ishlaydigan maskanga aylantirish muhim ekanligi ta’kidlandi. Shuningdek, kasbiy rivojlanish uchun ustozlarga vaqt va resurs markazlari lozimligi, maktabda dars jarayonlaridan ajralmagan holda o‘z ustida ishlash, til va kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish haqida so‘z bordi. Har bir o‘qituvchi o‘z faoliyati davomida kasbiy rivojlanish huquqi va majburiyatiga ega ekanligi qayd etildi.  

[gallery-15063]

–  O‘zbekistonga yettinchi bor tashrif buyuryapman, deydi Tom Kidll.–  Har safar kelganimda, o‘qituvchilardagi ishtiyoq va motivatsiyadan hayratlanaman. Ular bilan ishlash haqiqatda qiziq. Biz bu safargi treninglar davomida ustozlarda dars jarayonlarini interaktiv tashkil etish, o‘quvchilar bilan ishlash hamda zamonaviy ko‘nikmalardan foydalanish kabi mavzularda so‘z yuritdik. Umid qilamanki, ushbu mashg‘ulotlar ustozlarning kelgusi faoliyatiga ham yordam beradi.  

“Maktab chempionlari” loyihasi doirasida tashkil etilgan ushbu treninglar o‘z nihoyasiga yetdi.  

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA