Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Norway Chess" turniri: kutilmagan natijalar qayd etilmoqda
16:46 / 2023-06-05

Norvegiyaning Stavanger shahrida shaxmat bo‘yicha davom etayotgan “Norway Chess“ turniri kutilmagan natijalarga boy bo‘lmoqda.

Turnirning 5-tur o‘yinlaridagi natijalar holatida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov hindistonlik Gukesh bilan kechgan o‘yinda 1 ochko olishga erishgan bo‘lsa-da, qo‘shimcha vaqtda o‘tkazilgan o‘yinda hind shaxmatchisiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.  

Beshinchi turning dramatik burilish nuqtasi ozarbayjonlik Shahriyor Mamedyarovga tegishli bo‘ldi. 4-turdan keyingi vaziyatda 9-o‘rinda borayotgan Shahriyor musobaqa peshqadami Fabiano Karuana bilan kuch sinashdi va shov-shuvli tarzda g‘alabaga erishdi. Bu Shahriyor Mamedyarovning 7 ochkoga ega bo‘lgan holda 4-o‘ringa ko‘tarilib olishini ta’minladi.  

Xalqaro turnirning 6-tur ostonasida Karuana 10,5 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qolayotgan bo‘lsa, 2-o‘rinda borayotgan Nakamura 9,5 ochkoga ega bo‘lib turibdi.  

Bugun, 5 iyun kungi 6-tur o‘yinlarida shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov oq donalarda Fabiano Karuanaga qarshilik ko‘rsatsa, Gukesh – Anish Giri, Aryan Tari – Magnus Karlsen, Alirizo Firudja – Xikaru Nakamura, Shahriyor Mamedyarov – Uesli So o‘rtasidagi bahslar bo‘lib o‘tadi.  

T. Ro‘ziyev, O‘zA