Italiyaning Milan va Kortina-d’Ampetsso shaharlarida o‘tayotgan XXV qishki Olimpiya o‘yinlarida medal jamg‘arish bo‘yicha hamon Norvegiya delegatsiyasi peshqadam bo‘lib turibdi.
Ayni damda ushbu yurt vakillari 6 oltin, 2 kumush, 4 bronza medalini qo‘lga kiritdi. Ularni Germaniya va Shvetsiya 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medaliga ega chiqqan holda ta’qib etmoqda. Shveysariya esa 3 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza bilan to‘rtinchi o‘rinda qayd etildi. AQSH 2 oltin, 3 kumush va 2 bronza bilan kuchli beshlikni yakunlab bermoqda.

Shuningdek, Avstriya 2 ta oltin 3 ta kumush, Italiya 2 tadan oltin hamda kumush va 7 bronza, Yaponiya 2 tadan oltin va kumush hamda 4 ta bronza, Fransiya 1 ta oltin, 2 ta kumush jamg‘arib, 6-9 pog‘onalarni band etdi. Hisobida 1 tadan oltin va kumush bo‘lgan Chexiya, Niderlandiya va Sloveniya delegatsiyalari keyingi pog‘onalarni egalladi.
To‘rt yillikning eng nufuzli o‘yinlari 22 fevral kuniga qadar davom etadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA