Italiyaning Milan va Kortina-d’Ampetsso shaharlari mezbonlik qilayotgan XXV qishki Olimpiya o‘yinlari doirasida short-trek bo‘yicha bellashuvlar tashkil etildi. Unda yurtimiz sharafini himoya qilgan Daniil Eybog o‘z ishtirokini yakunladi.
Sportchimiz 500 metr masofada bo‘lib o‘tgan chorak final bahsida marraga beshinchi bo‘lib yetib keldi. Yuqori tezlik va keskin raqobat ostida kechgan bellashuvda mazkur natija yarim finalga chiqish uchun yetarli bo‘lmadi.

Olimpiya o‘yinlarida hozirgacha Norvegiya delegatsiyasi 15 ta oltin, 8 ta kumush va 10 ta bronza, jami 33 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi bo‘lib turibdi. Ularni mezbon sportchilar 9 ta oltin, 5 ta kumush va 12 ta bronza bilan ta’qib etayotgan bo‘lsa, kuchli uchlikni 7 ta oltin, 11 ta kumush va 6 ta bronza medal to‘plagan AQSH delegatsiyasi yakunlab bermoqda.
Shuningdek, Fransiya (6–7–4), Niderlandiya (6–7–2), Shvetsiya (6–6–3), Germaniya, (5–8–8), Avstriya (5–8–4), Yaponiya (5–6–11) va Shveysariya (5–4–3 ) delegatsiyalari 4-10 pog‘onalarni band etgan.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA