Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Norvegiyada valiahd malikaning o‘g‘li ustidan shov-shuvli sud boshlandi
13:39 / 2026-02-02

Ertaga Osloda Norvegiya valiahd malikasi Mette-Maritning o‘g‘li, 29 yoshli Marius Borg Xoybi ustidan sud boshlanadi.

“AzerTAJ” xabariga ko‘ra, u 38 xil jinoyat, jumladan to‘rt marta zo‘rlash, sobiq sherigiga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik, bir necha bor yo‘l harakati qoidasini buzish va politsiya xodimlarini ta’qib qilishda ayblanmoqda. Agarda’vo isbotlansa, shahzoda o‘n yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinadi.

Ayblov xulosasiga ko‘ra, jinoyatlarning bir qismi uyquda yoki mast holatda bo‘lgan shaxslarga nisbatan sodir etilgan. Qurbonlar sifatida tan olingan 6 ayoldan ikkinafari Marius bilan aloqada bo‘lgan.  Xoybi yengilroq, jumladan zo‘ravonlik, mulkka zarar yetkazish, o‘ldirish bilan tahdid qilish, tezlikni oshirish va 2020 yil 3,5 kg marixuanani tashish kabi ayblarni tan oldi. Eng og‘ir, jumladan zo‘rlash bo‘yicha ayblovni inkor etgan.

Muhokama davomida sud jabrlanuvchi, guvoh va ekspertlar ko‘rsatmasini tinglaydi. Jarayonda texnik dalil muhim ahamiyat kasb etadi. Politsiya Xoybiga tegishli elektron qurilmalarda yirik hajmli foto va video lavhalarni aniqladi. Materiallarning bir qismi, prokuratura fikricha, taxmin qilingan jinoyatlarga aloqador.

Tabiiyki, mazkur voqea mahalliy va xorij ommaviy axborot vositalari e’tiborini tortdi. Sudga Norvegiya va boshqa mamlakatlardan 200 ga yaqin jurnalist kelishi kutilyapti. Qirollik oilasi vakillari tinglovda qatnashishni rejalashtirmagan. Sud 19 martga qadar davom etadi.

G.Sattorova, O‘zA