Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Norvegiya Ukrainaga mingta dron beradi
16:25 / 2023-07-13

Norvegiya hukumati Ukrainaga mingta uchuvchisiz uchar apparat majmuasini berishga qaror qildi, deya xabar tarqatdi qirollik mudofaa vazirligi.

– Ukraina avval taqdim etilgan, mamlakatimiz Qurolli kuchlari va Mudofaa ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida yaratilgan razvedka dronlarimizdan mamnun, – degan mamlakat mudofaa vaziri Born Arild Gram.  

– “Black Hornet” nomli qurilma Norvegiyada ishlab chiqarilmoqda. Ta’kidlanishicha, Ukraina hukumati ushbu qurilmalarni qurolli ziddiyatda foydalanish uchun so‘ragan.  

“Teledyne FLIR” kompaniyasi tomonidan yaratilgan, jahon bozorida yetakchi hisoblanadigan bu drondan qator ittifoqchi mamlakatlar, jumladan AQSH, Buyuk Britaniya foydalanmoqda.  

Apparat razvedka va nishonni aniqlash maqsadida ishlatiladi. Norvegiya armiyasi bergan ma’lumotga ko‘ra, boshqarilishi juda oson, ayniqsa, shahar sharoitida jangovar harakatda anchayin qo‘l keladigan ushbu uchoq tashqi ta’sirga chidamli, parvoz paytida mazkur dronni aniqlash mushkul.