Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Norov Turkiya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
14:49 / 2022-08-02

Bugun O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bijaruvchi Vladimir Norov “O‘zbekiston – Ozarbayjon – Turkiya” muloqot formatining birinchi yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li bilan uchrashdi.

Tadbirda O‘zbekiston va Turkiya munosabati ikki mamlakat rahbarlarining qat’iyati va ishonchli muloqoti tufayli yuksak o‘sish sur’atini namoyon etib, yangi amaliy mazmun bilan boyib borayotgani ta’kidlandi.

Savdo hajmini oshirish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida investitsiya loyihalarini yo‘lga qo‘yish, madaniy-gumanitar va turizm almashinuvini kengaytirish yuzasidan oliy darajada erilishilgan kelishuvlar ijrosiga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston – Turkiya xalqaro institutlar doirasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqboli muhokama qilindi, tomonlar o‘zaro sheriklikni yangi bosqichga olib chiqishdan manfaatdorligi ma’qullandi.

Dunyodagi va mintaqadagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. Turkiya delegatsiyasi Toshkent shahrida Afg‘oniston bo‘yicha bo‘lib o‘tgan konferensiya natijasini yuqori baholadi. Afg‘oniston yo‘nalishidagi sa’y-harakatni muvofiqlashtirishni davom ettirish, afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatishga xayrixohlik bildirildi.

Mavlud Chavusho‘g‘li Toshkent shahrida tashqi siyosat, savdo, iqtisodiyot va transport masalalari uchun mas’ul vazirliklar rahbarlari ishtirokida “O‘zbekiston – Ozarbayjon – Turkiya” muloqotining birinchi yig‘ilishini o‘tkazish muhim ahamiyat kasb etishini aytdi.

Ikki va ko‘p tomonlama turli darajadagi tadbirlar, jumladan, Samarqanddagi Turkiy davlatlar tashkiloti sammitiga tayyorgarlikning tashkiliy jihati ham ko‘rib chiqildi.

[gallery-8115]

B.Xudoyberdiyev,
N.Haydarov (surat), O‘zA