Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Norov BMT Bosh kotibi o‘rinbosari bilan uchrashdi
15:58 / 2022-09-20

Mamlakatimiz tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari, BMT aksilterror boshqarmasi boshlig‘i Vladimir Voronkov bilan uchrashuv o‘tkazdi. ushbu xabarni vazirlik matbuot xizmati tarqatgan.

Suhbat davomida tomonlar so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasining BMT tuzilmalari bilan hamkorligi amaliy mazmun bilan boyigani, sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilganini mamnuniyat bilan ta’kidladilar. 

\Turli sohalarda, jumladan, BMTning Markaziy Osiyoda global terrorizmga qarshi strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Qo‘shma harakatlar rejasi va Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" doirasida aloqani yanada mustahkamlash imkoniyati mavjudligi ma’fullandi.
V.Voronkov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni, respublikaning xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish borasidagi faol sa’y-harakatini yuqori baholadi. O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotidagi muvaffaqiyatli raisligi, yaqinda Samarqandda bo‘lib o‘tgan Sammit salmoqli natijalar bilan yakunlangani e’tirof etildi.

O‘zbekistonning mintaqada tinchlik va barqarorlikni asrash, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish, bag‘rikenglik, dinlararo va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish, yoshlar bo‘yicha samarali siyosat yuritish, mojaroli hududlardan ayollar va bolalarni qaytarish va ularni jamiyatga integratsiyalashuvini ta’minlashdagi yutuqlari qayd etildi.
 

O‘zA