Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Normativ-huquqiy hujjatlar shakli va mazmuni aholi uchun soddalashtirilmoqda (+video)
15:15 / 2022-11-24

So‘nggi paytlarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida ko‘plab qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Biroq, bu normativ-huquqiy hujjatlarning shakli hamda ularni rasmiylashtirish tartibi aholi uchun sodda tarzda tushuntirilishiga ehtiyoj sezilayotgan edi.

Shu bilan birgalikda, qonun loyihasi umumxalq ovoziga qo‘yilganda ovoz berish byulletenini to‘ldirishning amaldagi tartibi fuqarolarning o‘z xohish irodasini to‘laqonli ifoda etishi uchun muayyan murakkabliklar tug‘dirar edi. Shu munosabat bilan ayni paytda normativ-huquqiy hujatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topishni nazarda tutuvchi loyihalarda muqaddimaning mavjud bo‘lishi belgilanmoqda.  

Bundan tashqari, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida qonun loyihalarining nomi va muqaddimasini muhokama qilish hamda ularga ovoz berish tartibi ochib berilmoqda.  

Bu haqda Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati O‘zAga kengroq ma’lumot berdi.

<iframe width="1180" height="664" src="https://www.youtube.com/embed/oAt1YL7HREw" title="Normativ-huquqiy hujjatlar shakli va mazmuni  aholi  uchun soddalashtirilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

 

Mohichehra  Eshmirzayeva, Doniyor Yoqubov