Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Normativ-huquqiy hujjatlar Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtiriladi
12:30 / 2025-07-29

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Yer uchastkalarini ijaraga oluvchilarning mustaqilligini oshirish va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga asoslangan yangi tizim joriy etilgani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga:

qishloq xo‘jaligini, xususan, yer munosabatlarini va ekin maydonlarini, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmini aniqlash jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirish; 

elektron onlayn-auksion savdolarida ishtirok etish uchun yashash joyidan (yuridik manzilidan), tashkiliy-huquqiy shaklidan, boshqa yer uchastkasi bor yoki yo‘qligidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan barcha jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar ishtirok etishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi. 

Ma’lumot uchun, oldinroq Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga oluvchilarning mustaqilligini oshirish va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlarni yetishtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmini aniqlash jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tarmoqda investitsiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025 yil 3 fevraldagi PF-18-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida

қишлоқ xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining konturlar yaxlitligi va sug‘orish tizimini buzmagan holda, ularni 3 gektardan 50 gektargacha bo‘lgan o‘lchamlarda “E-auksion” savdo platformasida elektron onlayn- auksion savdolariga chiqarish; 

elektron onlayn-auksion savdolarida yashash joyidan (yuridik manzilidan), tashkiliy-huquqiy shaklidan, boshqa yer uchastkasi bor yoki yo‘qligidan qati nazar, barcha jismoniy va yuridik shaxslar (rezidentlar), shu jumladan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar ishtirok etishi; 

“O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining hududiy bo‘linmalari - yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish materiallarini tayyorlash ishlari bo‘yicha, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti - tuproq tarkibi va sifati tahlili natijalarini aniqlash bo‘yicha ijrochi etib belgilangani uchun elektron onlayn-auksion savdolaridan tushgan mablag‘lar taqsimoti belgilangan edi.

O‘zA