Normat Tursunov: “Prezidenti saylovi ertangi kunimizni, mamlakatimiz rivoji va xalqimiz farovonligini belgilab beradi”
Respublikamizning boshqa hududlarida bo‘lgani kabi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi Navoiy viloyatida ham ko‘tarinkilik va faollik bilan boshlandi.
Viloyat hokimi Normat Tursunov Navoiy shahridagi 6-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, o‘zi munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdi.
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yurtimizda eng muhim siyosiy tadbir bo‘lib, ertangi kunimizni, mamlakatimiz rivoji va xalqimiz farovonligini belgilab beradi. Qolaversa, ushbu tadbirda har bir fuqaromiz faol ishtirok etib, o‘z huquqidan foydalangan holda o‘zi munosib deb bilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlashi kerak, – dedi N.Tursunov.
Mazkur saylov uchastkasida 2414 nafar saylovchining ro‘yxati shakllantirilgan bo‘lib, belgilangan tartiblarga rioya qilingan holda ovoz berish jarayoni davom etmoqda.
[gallery-12650]
A.Bo‘riyev,
S.Aslonov (surat), O‘zA.