French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Normand" siyosiy maslahatchilari Parijda uchrashadi
18:51 / 2022-01-23

"Normand" formati siyosiy maslahatchilarining bu galgi bevosita muloqoti 25 yanvar kuni Fransiya poytaxti Parijda o‘tkazilishi belgilandi.

 «RIA Novosti» RF prezidenti administratsiyasidagi manbaga tayanib xabar qilishicha, mazkur uchrashuvda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Kozak ham ishtirok etadi.

Darvoqe, joriy yil 19 yanvar kuni ushbu siyosatchi mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabulida ham bo‘lgandi.

"Normand" formati siyosiy maslahatchilari 25 yanvar kuni Parijda yuzma-yuz ko‘rishishadi, bu haqda oldinroq, 6 yanvarda kelishilgan", - dedi manba.

Avvalroq Germaniya TIV rasmiy vakili Andrea Zasse Berlin "Normand" muloqotini tashkil etishga urinayotgani, biroq hali uchrashuv muddatini aniqlashga muvaffaq bo‘linmaganini aytgan.

Germaniya, Fransiya, Rossiya va Ukraina rahbarlari ishtirokidagi "Normand" formati" yoki "Normand" to‘rtligi" deb ataladigan guruhga 2014 yil 6 iyunda mazkur mamlakatlar yetakchilarining Fransiyadagi Normandiya viloyati Shato-de-Benuvil shahrida bo‘lib o‘tgan dastlabki uchrashuvida asos solingan.