Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Norinlik yoshlar qo‘llab-quvvatlandi
05:10 / 2022-12-24

FOTOREPORTAJ

Keyingi yillarda mamlakatimizda yoshlarni har sohada qo‘llab-quvvatlash, ularning taklif va tashabbuslarini amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.  

Xususan, Namangan viloyati Norin tumanida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan 204 nafar yoshni qo‘llab-quvvatlash maqsadi uchun 500 million so‘m mablag‘ ajratilgan.

[gallery-10057]

Tuman Madaniyat markazida tashkil etilgan tadbirda ushbu mablag‘ – 36 nafar yoshning o‘z-o‘zini band qilish uchun asbob-uskuna xarid qilish xarajatlari, oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan 88 talabaning to‘lov kontrakt pullari, 35 nafar yoshni zamonaviy kasblarga o‘qitish  xarajati, 14 nafar yoshning haydovchilik guvohnomasiga o‘qish xarajatlari, 12 nafar yoshga davolanish xarajatlari, 7 nafar yoshga fuqarolik pasporti olish xarajatlari, 12 nafar yoshga safarbarlik chaqiruv rezervi uchun xarajat o‘z egalariga topshirildi. 

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA