FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov hamda O‘zbek ipak sanoati uyushmasi raisi Bahrom Sharipov “Norin Agropilla” MCHJga tashrif buyurib, norinlik pillakorlarning ipak qurtini parvarishlashdagi yutuqlarini e’tirof etdi.
Xirmonga baraka tilangan holda, yetishtirilgan hosil taroziga qo‘yildi. Har bir kilogramm pillaning puli tarozining ustida naqd ko‘rinishida berildi. Shuningdek, yuqori hosildorlikka erishgan pillakorlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
[gallery-7038]
Ta’kidlash joiz, joriy yil tumanda 140 ta fermer xo‘jaligi bilan shartnoma tuzilgan bo‘lib, parvarishlanayotgan 3349 quti ipak qurtidan 191 tonna “kumush tola” olish rejalashtirilgan.
Kasanachilarning jismoniy shaxslarga hisoblanadigan daromad solig‘idan ozod qilinishi, shuningdek, pilla boquvchilar va kasanachilarning mavsum davrida yillik ish staji hisoblanishi katta imtiyoz bo‘ldi. Bu imtiyoz, albatta, pillachilikni rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Hotam MAMADALIEV (surat),O‘zA