Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Norin tumanida joylashgan baliqchilik klasteridagi ishlar yuqori baholandi
19:52 / 2025-09-16

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish davom etmoqda.

Namanganda so‘nggi besh yilda 39 ming gektar yer qayta foydalanishga kiritildi.

Prezidentimiz To‘raqo‘rg‘onda tomchilab sug‘orish orqali 5 ming gektar adir yerlarni o‘zlashtirish ishlari boshlanganini ma’qulladi. Hozirgacha 2 ming gektar o‘zlashtirildi, shundan 1,3 ming gektarida bog‘ va uzumzor tashkil etildi, 4 ming kishi ishli bo‘ldi. 

Bu ishlarni davom ettirib, Pop tumanida 4 ming gektar, Kosonsoy, Chust va Mingbuloq tumanlarida 1 ming gektardan yerni qayta foydalanishga kiritish vazifasi qo‘yildi.

Norin tumanida joylashgan baliqchilik klasteridagi ishlar yuqori baholandi. O‘sha yerning o‘zida mahalliy aholi forel balig‘i yetishtirishga o‘rgatilmoqda.

Xo‘ja-qo‘rg‘oncha mahallasidagi 25 ta xonadon klaster bilan kooperatsiya qilib, yiliga har biri 150 million so‘mgacha daromad ko‘rmoqda.

Bu tizimni ommalashtirib, Uchqo‘rg‘on va Norin tumanidagi 1 ming xonadonda forel yetishtirishni yo‘lga qo‘yish, 1 sotixli 350 ta sun’iy hovuz o‘rnatib, aholiga bo‘lib berish muhimligi ta’kidlandi. 

Niderlandiyalik hamkorlar bilan yiliga 20 ming tonna baliq ozuqasi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. 

O‘zA