FOTOREPORTAJ
Davlatimiz rahbarining 2022 yil 30 dekabrdagi «2023–2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasida Norin daryosi ustida uchta tumanni – Uychi, Uchqo‘rg‘on va Norinni viloyat markazi bilan bog‘lovchi yangi ko‘prikni qurish ishlari jadal davom etmoqda.
Mazkur ko‘prikning uzunligi 481,5, eni 15,1 metrni tashkil qiladi. Qatnov qismining kengligi 7,5 metr bo‘lib, har ikki tomonida 2 metrdan xavfsizlik tasmasi hamda 1,8 metrdan piyodalar yo‘lagi barpo etiladi.
[gallery-24298]
Yirik loyihaga ko‘ra, 17,5 kilometr yangi yo‘l ham bunyod etilishi natijasida Uychi, Norin tumanlarida transport tirbandliklari va kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari oldi olinib, yuzdan ziyod mahallada yashovchi 450 ming aholi hamda tadbirkorlik sub’ektlariga yanada qulaylik yaratiladi. Asosiysi, viloyat markazigacha bo‘lgan 20 km uzunlikdagi yo‘l qisqaradi.
Daryo ustida ko‘prik qurish murakkab jarayon. «Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi» DUK buyurtmasi asosida «O‘zyo‘lko‘prik» klasterining Toshkent viloyati filiali tomonidan o‘tgan yilning aprel oyida boshlangan qurilish ishlarida o‘ndan ortiq maxsus texnika jalb etilgan. Ushbu ko‘prikni 2026 yilda foydalanishga topshirish reja qilingan.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA