Noreal qarzdorlik bartaraf etildi
Buxoro shahar B.Naqshband ko‘chasida yashovchi fuqaro M.A Buxoro shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojaat yo‘llagan.
Unda bayon etilishicha, iste’molchi xonadoni 2008 yilda issiqlik tizimi quvurlari talab darajasida ishlamagani sababli, issiq suv tizimidan uzib qo‘yilgan. Shunga qaramasdan, «Issiqlik manbai» DUK Buxoro shahar filiali tomonidan hozirgi kungacha kommunal to‘lovlar hisoblab borilgan. Natijada, 39 million 395 ming so‘m noreal qarzdorlik yuzaga kelgan.
Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, korxona xodimlariga amaldagi qonun hujjatlari talablari yuzasidan tegishli tushuntirish ishlari olib borilgandan so‘ng, iste’molchi zimmasidagi asossiz qarzdorlik bartaraf etildi.
O‘zA