O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va Konimex tumanining Zafarobod shaharchasidagi byudjet tashkilotlari xodimlariga kompensatsiya xususiyatiga ega bo‘lgan ustama to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, Uquduq Zarafshon, Nurobod shaharlari va Konimex tumanining Zafarobod shaharchasidagi byudjet tashkilotlari xodimlariga kompensatsiya xususiyatiga ega bo‘lgan ustama to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomda:
noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun byudjet tashkilotlari xodimlariga oylik ustama miqdorlarini belgilash;
oylik ustamalarni olish huquqini beruvchi ish stajini hisoblash;
oylik ustamalarni hisoblash va to‘lash tartibi belgilab berilgan.
Мазкур Nizom Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va Konimex tumani Zafarobod shaharchasidagi byudjet hisobidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar xodimlariga kompensatsiya xususiyatiga ega bo‘lgan ustama to‘lash tartibini belgilaydi.
Ushbu shaharlardagi byudjet tashkilotlari xodimlariga noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun oylik ustama to‘lovlari byudjet tashkilotlarida ishlagan ish stajidan kelib chiqib:
3 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga tarif stavkasining (lavozim maoshining) 0,25 foizi;
3 yildan 5 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga tarif stavkasining (lavozim maoshining) 0,5 foizi;
5 yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga tarif stavkasining (lavozim maoshining) 0,75 foizi miqdorida belgilanadi.
O‘zA