Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Noqonuniy yer sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
16:01 / 2025-10-21

DXX Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan IJQK Departamenti viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda joylarda faol tadbirlar o‘tkazildi.

Xususan, 1993 yili tug‘ilgan, millati o‘zbek, Olmaliq shahrida yashovchi fuqaro M.E. boshqa fuqaroga Olmaliq shahar hokimligi zaxirasidagi 16 gektar yer maydonini yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali 49 yilga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. U bu xizmat evaziga 50 ming AQSH dollari talab qilib, mazkur pul mablag‘idan 25 mingini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida qo‘lga olindi. 

Hozirda, unga nisbatan IJQK Departamenti viloyat boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Shuningdek, departament va DXXning Quyi Chirchiq tumani bo‘limi tomonidan ham jinoyat ishi fosh qilindi. Hududdagi “Vostok” kafesida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.K. hujjatlarni soxtalashtirish yo‘li bilan “Do‘stlik” MFY hududida joylashgan 1,3 gektar yerni 190 ming dollarga arizachi D.K. ga sotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Mazkur holat yuzasidan ham aybdor qo‘lga olinib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

A.Musayev, O‘zA.