Noqonuniy valyuta savdosiga chek qo‘yildi
Bektemir tumani hududida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan M.Sh. jami 10 ming AQSH dollarini fuqaro M.A.ga 114 million so‘mga sotgan.
Shu vaqtda u Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan IIBB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan E.Yu. fuqaro T.B.ga jami 4,1 ming AQSH dollarini 46,6 million so‘mga sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zA