Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro ushlandi
10:16 / 2022-06-07

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tuman bo‘limi hamda tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy valyuta ayirboshlash faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro ushlandi.

Jumladan, fuqaro A.S. 2,8 ming AQSH dollarini fuqaro S.ga 31,2 million so‘mga sotgan vaqtida ushlandi. Tadbir davomida uning yonidan jami 3 ming AQSH dollari, 34,8 ming Rossiya rubli, 10 yevro, 100 BAA dinori, 5 turk lirasi va 1,2 million so‘m ashyoviy dalil sifatida olindi.

Shuningdek, yuqoridagi fuqaroning harakati bo‘yicha olib borilgan tezkor kuzatuvda u doimiy ravishda valyuta qimmatliklarini qonunga zid ravishda ayirboshlash faoliyati bilan shug‘ullanib kelganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177˗moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Dovud Abibullayev, O‘zA