Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Noqonuniy tovarlarning o‘tishiga chek qo‘yildi
09:22 / 2023-04-17

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Olot” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan yirik miqdordagi tovarlarning noqonuniy tarzda olib o‘tilishiga chek qo‘yildi.

Natijada joriy yilning 11 aprel kunida “Olot” chegara bojxona postiga xorijiy yo‘nalishda harakatlanib kirib kelgan yuk avtomashinasi dastlabki bojxona nazoratidan o‘tkazilgan chog‘da uning skanerlangan tasvirlari va yuk kuzatuv hujjatlari o‘rtasida sezilarli farq borligi, tegishli tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazish lozimligini ko‘rsatadi.

Xolislar ishtirokida amalga oshirilgan ko‘rik natijasida, yuk kuzatuv hujjatlarida qayd etilmagan, umumiy qiymati esa, 771 million so‘mni tashkil etuvchi poliuretan kompanentlari borligi aniqlangan. 

Gilam va poyafzal ishlab chiqarish korxonalarida yelim sifatida qo‘llaniladigan ushbu kimyoviy moddalar yuzasidan qonuniy qaror qabul qilingunga qadar vaqtincha saqlov choralari ko‘rilgan bo‘lib, holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Zarif Komilov, 
O‘zA