Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Noqonuniy tovarlar fosh bo‘ldi
17:47 / 2023-02-09

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari hamda DXX Chegara qo‘shinlarining o‘zaro hamkorligi natijasida katta miqdordagi tovar moddiy boyliklarni noqonuniy tarzda olib o‘tishga bo‘lgan urinish bartaraf etildi.

“Olot” chegara bojxona postiga xorijiy yo‘nalishda harakatlanib kirib kelgan yuk avtotransport vositasi “Z-Portal” qurilmasi yordamida skanerdan o‘tkazilganda, tovarning yuk kuzatuv hujjatlari va rentgen tasvirlari o‘zaro mos kelmaganligi bojxona ko‘rigidan o‘tkazish lozimligini ko‘rsatdi. Natijada, hech qanday hujjatlarda qayd etilmagan vazni qariyb 26 tonnaga yaqin bo‘lgan kir yuvish vositalari borligi bojxona xodimlari tomonidan fosh etildi.  

Hozirda umumiy qiymati 1 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan ushbu noqonuniy tovarlar vaqtincha saqlovga olindi.  

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.  

Zarif Komilov, O‘zA