French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Noqonuniy tovarlar fosh bo‘ldi
16:32 / 2022-03-29

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi “Olot” chegara bojxona posti orqali qo‘shni mamlakatdan yurtimizga kirib kelgan yuk avtomashinasi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Avtoulov yukxonasida mas’uliyati cheklangan jamiyati nomiga olib kelinayotgan yuklar orasida yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilganidan ortiqcha va yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan umumiy qiymati 2,1 milliard so‘mlik jami 746 dona avval foydalanishda bo‘lgan avto ehtiyot qismlari borligi ma’lum bo‘ldi. Yana bir holatda, ushbu postga qo‘shni davlatdan kirib kelgan yuk avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilganidan ortiqcha bo‘lgan, qiymati 1,5 milliard so‘mlik jami 578 dona avval foydalanishda bo‘lgan avto ehtiyot qismlari borligi aniqlandi.  

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.  


Zarif Komilov, O‘zA