Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Noqonuniy tarzda olib kirilayotgan 87,5 mln. so‘mlik tamaki mahsulotlari to‘xtatib qolindi
11:16 / 2024-02-21

Mamlakatimizda bojxonachilar tomonidan tamaki mahsulotlarini noqonuniy tarzda yurtimizga olib kirish va uning yurtimiz hududida aylanishining oldini olishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bojxona qo‘mitasining Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan poytaxtimizning Olmazor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda tuman hududida harakatlanib kelayotgan “Damas Labo” rusumli transport vositasi belgilangan tartibda to‘xtatilib ko‘zdan kechirildi.  

Ko‘zdan kechiruv davomida mazkur transport vositasida O‘zbekiston Respublikasining aksiz markalari hamda raqamli markirovka kodlari bilan markalanmagan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan qiymati 342 mln. so‘mlik 5 turdagi 24 ming 400 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.  

Navbatdagi o‘tkazilgan tezkor tadbirda Yashnobod tumanida “Kobalt” rusumli avtomashina ko‘zdan kechirilganida, O‘zbekiston Respublikasining aksiz markalari hamda raqamli markirovka kodlari bilan markalanmagan qiymati 87,5 mln. so‘mlik 2500 quti tamaki vositalari borligi aniqlandi.  

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.  

Sh.Mamaturopova, O‘zA