French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Noqonuniy reklama jazosiz qolmadi
15:18 / 2025-07-08

Jamiyatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va yoshlar ongida zararli odatlarga nisbatan immuninet shakllantirish davlat siyosatida ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Shu bois, amaldagi qonunchilikda alkogol va tamaki mahsulotlarini targ‘ib qilish, ularni ommaviy axborot vositalari hamda jamoat joylarida reklama qilish qat’iy tartibga solingan.

Shunday cheklovlarga qaramasdan, ba’zi korxonalar tomonidan bu talablar inkor etilishi holatlari kuzatilmoqda. Yaqinda ana shunday holat aniqlanib, alkogol mahsulotini reklama qilgan korxonaga nisbatan tegishli moliyaviy jarima qo‘llanildi.  

Raqobat qo‘mitasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan ommaviy axborot vositalari, internet tarmoqlarida hamda tashqi reklama vositalarida joylashtirilgan reklama materiallarining reklama to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga mosligi yuzasidan tizimli ravishda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish ishlari natijasida, viloyatda faoliyat olib boruvchi “LUTFILLA FAYZ” MCHJ tomonidan alkogol vositalari reklamasini qo‘yish holatlari aniqlandi. Bu esa “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 38-moddasiga asosan har qanday quvvatdagi alkogol mahsulotlarining reklamasiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilab qo‘yilgan.  

Aniqlangan qonunbuzilish holatiga muvofiq, hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan “Reklama to‘g‘risida”gi qonuni talablari buzilishi alomatlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomiga muvofiq “LUTFILLA FAYZ” MCHJga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atildi. Ishni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha moliyaviy jarima qo‘llash yuzasidan qaror qabul qilindi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatma berildi.

Ushbu qarordan barcha tadbirkorlik sub’ektlari xulosa chiqarishi lozim. Chunki qonun talablariga rioya qilish nafaqat javobgarlikdan qutqaradi, balki biznesning jamiyatdagi obro‘si va barqaror faoliyatini ta’minlaydi. Davlat nazorati esa bundan buyon ham ushbu sohadagi qonunbuzilishlarni bartaraf etishga qaratilgan tizimli ishlar bilan davom etadi.

Nigora Rahmonova, O‘zA