French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Noqonuniy reklama faoliyatiga chek qo‘yildi
17:11 / 2025-12-12

Namangan viloyati raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy boshqarmasi tomonidan ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan materiallarning “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni talablariga mosligi yuzasidan o‘rganish va tahlil ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, viloyatda faoliyat yuritayotgan tur operatorlar tomonidan Saudiya Arabistoni shaharlariga “Umra” ziyorati tadbirini tashkil etish va o‘tkazishga oid berilgan reklamalar o‘rganildi. 

Natijada, jami uchta tur operatorga tegishli bo‘lgan, ya’ni “Express parvoz”, “Umra ihlos” va “Yuksak ahsan travel” nomli telegramm kanal adminlariga nisbatan tegishli hujjatlar mavjud bo‘lmagan holda reklamalar joylashtirgani hamda bu bilan reklamaga oid qonunchilik talablarini buzganligi yuzasidan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, huquqiy baho berish uchun sud organlariga yuborildi. 

Sud tomonidan ijtimoiy tarmoq kanallari mas’ullari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganligi uchun aybdor, deb topilib, jarima jazosi qo‘llanildi. 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.