Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Noqonuniy qurol olib kirishga uringanlar to‘xtatib qolindi
10:04 / 2023-01-11

O‘zbekiston Respublikasining “Qurol to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, fuqaroviy va xizmat qurolini, uning o‘q-dorilarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, olib chiqish va tranzitini amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ruxsatnomalariga ko‘ra amalga oshiriladi. Ammo mazkur tartiblarga rioya qilmasdan turib, qurol-yaroq va o‘q-dorilarni olib kirishga urinishlar uchrab turibdi.

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sirdaryo” chegara bojxona postida Qozog‘istondan O‘zbekiston Respublikasiga harakatlanayotgan fuqaro Z.Sh.ga tegishli bo‘lgan qo‘l yuklari postdagi mavjud rentgen apparati yordamida belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Fuqaroning yuklari orasida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi bilan deklaratsiyalanmagan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan, uning yuklari orasida 1 dona pnevmatik to‘pponcha, 8 dona gaz balloni va 1010 dona metall sharikli o‘qlar borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Sh.Suyarov, O‘zA