Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Noqonuniy qurilmalar bartaraf etilmoqda
15:28 / 2021-07-16

Ko‘p qavatli uylar joylashgan hududlardagi noqonuniy qurilmalar hudud ko‘rkini buzishi bilan birga aholi uchun turli noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Shu bois o‘zboshimchalik bilan bunyod etilgan bu kabi inshootlarni o‘z vaqtida aniqlab, kechiktirmasdan bartaraf etish muhim ahamiyatga ega.

E’tiborlisi, bu jarayonda ayrim fuqarolarning o‘zboshimchaligi, o‘z manfaatini o‘ylagan holda belgilangan tartib va qoidalarga amal qilmasligi yakunda shunday kelishmovchiliklarga sabab bo‘lmoqda.

Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi 1-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan sayyor sud ishida aynan shu kabi masalalar ko‘rib chiqildi. Unda ko‘p xonadonli uy fondidan foydalanishni nazorat qilish viloyat hududiy inspeksiyasi boshlig‘i D.Ahmedov, Nurafshon shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha sud raisi X.Xalikov, sudya A.Xonkeldiyev, sohaga aloqador mutasaddilar hamda o‘rganishlar chog‘ida noqonuniy qurilmalar aniqlangan aholi vakillari ishtirok etdi.

Shuningdek, muloqotda “Obod turmush” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ko‘p qavatli uylarning tutash joylarida aniqlangan noqonuniy qurilmalarni olib tashlash va bu joylarni obod va ko‘rkam holatga keltirish masalalari xususida ham so‘z bordi.

O‘tkazilgan sayyor sud yakunida yig‘ilganlarga sud raisining tegishli qarori o‘qib eshittirilib, mavzu yuzasidan tegishli maslahat va tavsiyalar berildi. Mazkur mahallada Ishchi guruh tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida shu kabi 200 dan ortiq o‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy inshootlar aniqlanib, joyida bartaraf etilgan.

 

A.Musayev,O‘zA