Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Noqonuniy qurilishlarni fuqarolar ixtiyoriy buzdi
14:42 / 2023-07-14

Kadastr xodimlari tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 100 gektardan ziyod yer maydonida amalga oshirilgan qonun buzilishi holati fuqarolar tomonidan ixtiyoriy bartaraf etildi.

Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va uning tuman, shahar bo‘limlari tomonidan yanvar-iyun oylari mobaynida yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish va ushbu yer uchastkalarida noqonuniy imorat qurilishiga oid 748 holatda 434,99 gektar yer maydonida qonun buzarlik holatlari aniqlandi.  

Yer qonun buzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar natijasida 108,1 gektardagi 261 holatlar fuqarolar tomonidan ixtiyoriy bartaraf etildi.  

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sudlarga yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonida noqonuniy qurilgan imoratlarni bartaraf etish to‘g‘risida 320 (247,95 gektar) da’vo arizalari kiritildi.  

O‘lmas Barotov, O‘zA.