English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Noqonuniy qum qazuvchilar jarimaga tortildi
20:44 / 2025-02-18

Surxondaryo viloyati ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi nazoratchilari o‘tkazgan navbatdagi ekologik tadbir chog‘ida Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi Shodmon Misirov, Mavlon Saidov va Xoshim Donayevlar (ism-shariflar o‘zgartirildi) “Hisor” davlat o‘rmon xo‘jaligi hududidan og‘ir yuk tashuvchi texnika yordamida ruxsatsiz qum xom ashyosini qazib olayotganini aniqladi.

Bu haqda xabar bergan viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasiga ko‘ra, huquqbuzarlarning har biriga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 70-moddasi 1-qismiga muvofiq 3 million 750 ming so‘m miqdorida jarima jazosi qo‘llanildi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri