Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Noqonuniy poygalar uchun javobgarlik joriy etilishi mumkin
11:08 / 2026-02-27

Adliya vazirligi tashabbusi bilan noqonuniy poygalarni tashkil etganlik va unda ishtirok etganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralarini nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Bugungi kunda yo‘llarda noqonuniy tashkil etilayotgan poygalar yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsizligi, aholining osoyishtaligiga jiddiy xavf solib, inson o‘limigacha bo‘lgan o‘ta salbiy oqibatlarga olib kelmoqda.  

Bu esa, aholining, shu jumladan, yo‘l harakati ishtirokchilarining haqli e’tirozlari va xavotirlariga sabab bo‘lmoqda.

Shuni inobatga olib, Adliya vazirligi yo‘llarda noqonuniy poygalarni tashkil etish oqibatida vujudga kelayotgan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida ma’muriy va jinoiy javobgarlikni joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqib, manfaatdor vazirlik va idoralarga kelishish uchun kiritdi.  

Mazkur qonun loyihasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilganidan so‘ng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi.

N.Abduraimova, O‘zA