Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Noqonuniy pirotexnika vositalari fosh etildi
21:10 / 2025-12-30

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limining xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Qo‘ng‘irot tumani hududida tezkor tadbirlar o‘tkazdi.

Xolislar ishtirokida amalga oshirilgan tezkor tadbirlar natijasida oziq-ovqat do‘konidan 300 dona pitarda, tumanda yashovchi fuqaroning uyidan 6 ming dona pitarda va 51 dona salyut, Xo‘jayli tumani hududida “Cobalt” rusumli avtomashinadan 2 dona salyut pirotexnika vositasi aniqlandi. Dastlabki qiymati 25 million so‘m bo‘lgan 6 ming 353 dona pirotexnika vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirgi vaqtda ushbu holatlar yuzasidan qonunga muvofiq surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri