English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Noqonuniy ovlangan qisqichbaqalar suv omboriga qaytarildi
17:18 / 2024-07-18

Bulung‘ur tumanidagi “Yuqori nuqta” yo‘l patrul maskanida Samarqanddan Toshkent shahriga ketayotgan yuk mashinasi to‘xtatib tekshirilganda, 765,5 kilogramm dengiz qisqichbaqasi hech qanday hujjatlarsiz, noqonuniy olib ketilayotgani aniqlandi.

Dastlabki surishtiruvlarda ushbu qisqichbaqalar brokonerlar tomonidan Kattaqo‘rg‘on suv omboridan ovlangani ma’lum bo‘ldi. Holat Samarqand viloyati ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari tomonidan nazoratga olinib, qisqichbaqalar qaytadan suv omboriga qo‘yib yuborildi.

Viloyat ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur holatda tabiatga yetkazilgan zarar miqdorida jinoyat alomatlari borligi sababli aybdorlarga qonuniy chora ko‘rish hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga taqdim etildi.

G‘.HASANOV,  

O‘zA muxbiri