Noqonuniy o‘q-dorilar fosh etildi
Xalqimizda “Shahar bedarvoza emas”, degan naql bejiz aytilmagan. Mamlakatimiz sarhadlariga kirib kelayotgan noqonuniy tovarlar aylanmasiga chek qo‘yish huququni muhofaza qilish organlarining doimiy diqat markazidadir.
Namangan viloyati bojxona boshqarmasi “Uchqo‘rg‘on” chegara bojxona posti tomonidan DXX Chegara qo‘shinlari xodimlari bilan hamkorlikda Qirg‘iz Respublikasidan chegara orqali harakatlangan shaxs boshqaruvidagi avtransport vositasida yashirilgan hamda tegishli ruxsatnomalari bo‘lmagan 48 dona “KORR 7.62X39” kalibrli o‘qlar borligi aniqlandi.



Mazkur holat yuzasidan ayni vaqtda bojxona idorasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.